Jahon

Indoneziyada yo‘lovchi kemasi ag‘darildi: 100 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi

Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 107 kishi qutqarilgan.

Indoneziyada yo‘lovchi kemasi ag‘darildi: 100 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi

Indoneziyada 243 kishi bo‘lgan yo‘lovchi kemasi Yava dengizida ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 107 kishi qutqarilgan, yana 130 kishi bedarak yo‘qolgan.

 

Basarnas qidiruv-qutqaruv agentligi ma’lumotiga ko‘ra, “Virgo Transport 8” kemasida 213 nafar yo‘lovchi va 30 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Kema shanba kuni Surabayadan Banjarmasinga yo‘l olgan va yakshanba tongida operatori bilan aloqani uzgan.

 

Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Hududda qutqaruv kemalari va vertolyotlar jalb qilingan. Biroq balandligi 2,5 metrga yetayotgan to‘lqinlar operatsiyani qiyinlashtirmoqda.

 

Rasmiylar hodisaga noqulay ob-havo sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Ayni paytda kemaning cho‘kish sabablari, jumladan, texnik nosozlik ehtimoli ham tekshirilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.