O'zbekiston

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

Ichki ishlar vazirligi tizimida qariyb 20 yildan buyon xizmat qilib kelayotgan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga “polkovnik” maxsus unvoni berildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

 

Dilnoza Redjabova Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi. U xizmat faoliyati davomida yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qilish, aholiga yo‘l harakati qoidalarini tushunarli yetkazish hamda bolalar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga e’tibor qaratib kelgan.

 

Uning tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlardan iborat yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibotchilari guruhi shakllantirilgan. Mazkur guruh 2024-yilda Qirg‘izistonda, 2025-yilda Tojikistonda o‘tkazilgan xalqaro tanlovlarda II o‘rinni egallagan. 2026-yil avgust oyida Qozog‘istonda tashkil etilgan “Yosh yo‘l harakati inspektorlari” xalqaro musobaqasida esa I o‘rinni qo‘lga kiritgan.

 

Shuningdek, Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 441-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga yo‘l harakati qoidalarini amaliy va ko‘rgazmali tarzda o‘rgatishga qaratilgan mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.

 

Dilnoza Redjabovaning ko‘p yillik samarali xizmati va erishgan natijalari inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan u rag‘batlantirildi va “polkovnik” maxsus unvoni berildi.

 

Mazkur unvon Ichki ishlar vaziri boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda unga tantanali ravishda topshirildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.