Qarshi Texnika universitetida yong‘in: binoni tutun qopladi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

14-sentabr kuni soat 14:53 da “112” tizimi orqali Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qarshi davlat texnika universitetining bosh binosi tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.








