O'zbekiston

76 ta soxta “prava”: YHXB binosidagi sxema ochildi

Ular eski guvohnomasini almashtirishga kelgan fuqarolarning ma’lumotlarini soxtalashtirgan.

76 ta soxta “prava”: YHXB binosidagi sxema ochildi

Andijon viloyatida haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarga soxta ma’lumotlar asosida haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib bergan ikki shaxsga sud hukmi o‘qildi. 

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, Sh.M. 2023-yildan 2025-yil noyabrigacha Andijon viloyati IIB YHXBning 5-sonli tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish guruhida norasmiy yordamchi sifatida ishlagan.

 

U tanishi U.M. bilan birga fuqarolarga pul evaziga haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berish sxemasini yo‘lga qo‘ygan. U.M. mijozlarni topgan, Sh.M. esa guvohnomalarni rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan.

 

Bunda avval eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirgan fuqarolardan olib qolingan hujjatlardagi seriya va raqamlardan foydalanilgan. Ushbu ma’lumotlar haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan mijozlarning ma’lumotlariga bog‘langan va ular tizimda go‘yoki avvaldan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar sifatida ko‘rsatilgan.

 

Shundan so‘ng soxta ma’lumotlar YHXXning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilib, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari chiqarilgan.

 

Sudda Sh.M. har bir guvohnoma uchun 500 dollardan 1000 dollargacha pul olinganini bildirgan. Uning aytishicha, mijozlarni U.M. topib kelgan va pullarni ham u orqali olgan.

 

U.M. esa suddagi ko‘rsatmasida shu yo‘l bilan 50–60 nafarga yaqin fuqaroga guvohnoma chiqarib berilganini aytgan. Biroq sud hujjatlarida jami 76 ta soxta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirilgani qayd etilgan.

 

Ularning 65 tasi YHXB xodimlaridan biriga, yana 11 tasi boshqa xodimga tegishli login-parollar orqali chiqarilgan.

 

Ish doirasida login-parollaridan foydalanilgan ikki nafar YHXB xodimi ham sudga tortilgan. Biroq ularning soxta guvohnomalar rasmiylashtirilayotganidan xabardor bo‘lgani yoki buning uchun pul olgani isbotlanmagan. Sud ularning login-parol va elektron kalitlar saqlanishini lozim darajada nazorat qilmaganini mansabga sovuqqonlik bilan qarash deb baholagan.

 

Sud hujjatlarida Sh.M. 2024-yilda totalizator o‘ynab, 50 ming dollardan ortiq qarzdor bo‘lib qolgani ham qayd etilgan. U bu haqda YHXB xodimlaridan biriga aytgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tumani sudi hukmiga ko‘ra, Sh.M. Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan aybli deb topildi. Unga ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

 

U.M.ga esa shu modda bilan 3 yil 3 oy ozodlikni cheklash jazosi berildi.

 

Sud, shuningdek, ashyoviy dalil sifatida saqlanayotgan 76 ta soxta haydovchilik guvohnomasini yo‘q qilish haqida qaror chiqargan.

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

5–6-noyabr kunlari Samarqandda raqamli transformatsiya davrida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

Amaliy tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va tarixiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan bog‘liq deb topilgan 2 057 ta internet manbasidan foydalanish taqiqlangan.

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Majmuada mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, muzey, amfiteatr va hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi.

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Mehmonxonada nonushta qilgan 20 kishidan 13 nafarida zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.