Jahon

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi



Donald Tramp maʼmuriyati Isroilga umumiy qiymati taxminan 2,8 milliard dollar bo‘lgan yirik qurol-yarog‘ paketini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 15 sentyabr kuni The Washington Post AQSH rasmiylariga tayanib xabar berdi.



Rejalashtirilayotgan paketga 2 ming funtlik, yaʼni qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda. Shundan 20 ming donasi MK-84, yana 20 ming donasi BLU-117 bombasidan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan. Shuningdek, paket tarkibida yana 20 mingta I-2000 Penetrator jangovar kallagi ham bo‘lishi ko‘zda tutilgan.



Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, bitimning katta qismi AQSHning Foreign Military Financing (FMF) dasturi orqali moliyalashtirilishi mumkin. Ushbu mexanizm doirasida AQSH boshqa davlatlarga Amerika qurollarini sotib olish uchun moliyaviy yordam taqdim etadi.



Rejalashtirilayotgan kelishuv allaqachon AQSH Kongressining tegishli qo‘mitalariga norasmiy tarzda maʼlum qilingan. Biroq bitim hali yakuniy tasdiqlanmagan. AQSH maʼmuriyati vakili barcha xorijiy qurol savdolari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilayotganini bildirgan.



Mazkur qurollar avval ham AQSH va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarda muhokama markazida bo‘lib kelgan. 2024 yilda Jo Bayden maʼmuriyati G‘azo sektorida tinch aholi orasida katta talafotlar yuz berishi mumkinligidan xavotir bildirib, 2 ming funtlik bombalarning bir partiyasini yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatgan edi. Donald Tramp 2025 yil yanvar oyida prezidentlik lavozimiga qaytganidan so‘ng ushbu cheklovni bekor qilgan.



The Washington Post maʼlumotiga ko‘ra, agar rejalashtirilayotgan paket amalga oshsa, u so‘nggi yillardagi 2 ming funtlik bombalarning eng yirik bir martalik savdolaridan biri bo‘lishi mumkin.



Reuters xabariga ko‘ra, AQSH Davlat departamenti va Isroil elchixonasi bitim yuzasidan hozircha alohida izoh bermagan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Biroq AQSH vitse-prezidenti hozircha buni tasdiqlovchi maʼlumot yo‘qligini bildirgan.