Jahon

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Shahboz Sharif Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirib, mamlakatning muqaddas qadamjolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

 

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Yamandagi koalitsiya ma’lumotiga ko‘ra, 15 sentyabr kuni soat 18:50 atrofida Saudiya havo mudofaasi Makkai Mukarramaning janubida uchuvchisiz qurilmani aniqlab, u shaharning taqiqlangan havo hududiga kirishidan oldin yo‘q qilingan. Saudiya tomoni dron husiylar tomonidan uchirilganini bildirdi.

 

Pokiston bosh vaziri Saudiya havo mudofaasi kuchlarining tezkor harakatini yuqori baholab, Makkai Mukarrama va Madinai Munavvaraning xavfsizligi butun musulmon dunyosi uchun muhim ekanini ta’kidladi.

 

Shu bilan birga, husiylar Makkani nishonga olganini rad etdi. Guruh vakillari Saudiya tomonining bu haqdagi bayonotini asossiz deb atab, Yamandan Makkai Mukarrama yoki boshqa islomiy muqaddas maskanlarga tahdid yo‘qligini bildirgan.

 

Saudiya tomoni esa voqeani Makkai Mukarramaning xavfsizligiga tahdid sifatida baholab, muqaddas masjidlar va ziyoratchilar xavfsizligi «qizil chiziq» ekanini ta’kidlagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.