O'zbekiston

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

“Qoradori-2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida respublikaning barcha viloyatlarida vertolyotlar yordamida nazoratli parvozlar amalga oshirildi. Tadbirlar davomida xonadonlarda yetishtirilgan jami 70 kg giyohvandlik o‘simligi belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

 

Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida bir qator holatlar aniqlangan.

 

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida 1967-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadonidan 24 kg marixuana topilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shu tumanda fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi 200 kvadrat metr maydonda 520 tup kannabis o‘simligini ekib, parvarishlab kelgani aniqlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Izboskan tumanida esa 1977-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonidan 6 kg 100 gramm marixuana aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Samarqand viloyatining Samarqand tumanida 1981-yilda tug‘ilgan shaxs tomorqasiga 41 tup kannabis ekib, parvarishlab kelgani va 400 gramm marixuana saqlagani aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Buxoro viloyatining Buxoro tumanida esa er-xotin yashash hovlisidagi tomorqada 46 tup kannabis yetishtirgani aniqlangan.

 

Bundan tashqari, tumandagi yana bir xonadonda 42 kvadrat metr maydonda 53 tup kannabis o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

 

Qoradori-2026 tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida respublika hududlarida giyohvandlik vositalari bo‘lgan o‘simliklarni aniqlash va yo‘q qilishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.