O'zbekiston

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim smart kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etadi.

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent shahar hokimligining Vaziyatlar markazida poytaxt maktablarida davomatni nazorat qilish va dars qoldirish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda “SI Davomat” tizimining ishlash mexanizmi va Sergeli tumanidagi sinov natijalari muhokama qilingan.

 

Tizim orqali o‘quvchi sababsiz dars qoldirgan taqdirda, uning ota-onasiga SMS-xabarnoma yuboriladi. Mazkur ma’lumot maktab direktori, profilaktika inspektori, Milliy gvardiya xodimi hamda mahalla vakillariga ham avtomatik yetkaziladi.

 

“SI Davomat”ning imkoniyatlari faqat davomatni qayd etish bilan cheklanmaydi. Tizimdagi nutqni tahlil qiluvchi modullar orqali o‘quvchilarning darsdagi faolligi va mavzuga qiziqishi, shuningdek, o‘qituvchining darsni olib borish mahorati va mashg‘ulot sifati kabi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

 

Ushbu ma’lumotlar metodistlar tomonidan o‘rganilib, baholab boriladi. Tahlil natijalariga ko‘ra ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilarni rag‘batlantirish yoki tegishli choralarni qo‘llash mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Hozirda tizim Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda sinovdan o‘tkazilmoqda. Mazkur maktablarda jami 446 ta smart kamera o‘rnatilgan.

 

“SI Davomat” “ERP Maktab” hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bu orqali o‘quvchining kasalligi sababli darsga kelmagani bilan sababsiz dars qoldirgan holatlarni farqlash imkoniyati yaratiladi.

 

Shuningdek, maktablar davomat ko‘rsatkichlariga qarab “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.

 

Sergeli tumanidagi sinov natijalari asosida “SI Davomat” tizimini Toshkent shahridagi boshqa umumta’lim maktablarida ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.