O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda ham bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrif buyurib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi. U kinostudiyani zamonaviy O‘zbekiston kino industriyasining milliy brendi va tayanch markaziga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

 

 

Uning qayd etishicha, buning uchun kino sohasidagi boshqaruv tizimini o‘zgartirish kerak. Davlat filmning ijodiy jarayoniga aralashadigan buyurtmachi emas, balki sohani rivojlantiruvchi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi strategik hamkor bo‘lishi lozim.

 

 

Shuningdek, xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlarni industriyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish rejalashtirilmoqda. Kino ishlab chiqarishdan tortib tomoshabinga yetkazishgacha bo‘lgan jarayon, jumladan, moliyalashtirish, distributsiya, prokat, festivallar va eksport tizimini zamonaviy talablar asosida yangilash ko‘zda tutilgan.

 

 

Milliy kino merosini saqlash, filmlarni restavratsiya qilish va raqamlashtirish tizimini kuchaytirish, yangi avlod ijodkorlarini tayyorlash hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish ham ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

 

 

Saida Mirziyoyeva sohada professional muhit va o‘zini o‘zi boshqarish madaniyatini shakllantirish, kinoijodkorlarning fikri, tajribasi va kasbiy obro‘sini munosib qadrlash muhimligini ta’kidladi.

 

 

Tashrif davomida u Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda ham bo‘ldi. Ulkan dekoratsiyalar va ijodiy jamoaning ish jarayoni bilan tanishdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.