Jahon

“Xitoy va AQSh raqib emas, hamkor bo‘lishi kerak” — Si Szinpin

Xitoy raisi ikki davlat o‘rtasida hamkorlik ustun, raqobat mo‘tadil va kelishmovchiliklar nazorat qilinadigan barqaror munosabatlarni shakllantirish zarurligini aytdi.

“Xitoy va AQSh raqib emas, hamkor bo‘lishi kerak” — Si Szinpin

 

Xitoy raisi Si Szinpin Xitoy va AQSh raqib emas, balki hamkor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda u AQShga davlat tashrifi munosabati bilan yo‘llagan yozma bayonotida ma’lum qilgan.

 

Si Szinpinning qayd etishicha, Xitoy va AQSh xalqlarining manfaatlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois ikki davlat o‘zaro tushunishni kuchaytirib, barqaror munosabatlarni rivojlantirish uchun birgalikda harakat qilishi kerak.

 

“Xitoy va AQSh raqib emas, balki hamkor bo‘lishi kerak”, degan Xitoy rahbari.

 

Uning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda hamkorlik ustun bo‘lishi, raqobat mo‘tadil darajada qolishi va kelishmovchiliklar nazorat qilinishi lozim. Si Szinpin bunday yondashuv tinchlikka asoslangan barqaror munosabatlarni shakllantirishga xizmat qilishini qayd etgan.

 

Xitoy raisi, shuningdek, mamlakatlarning milliy rivojlanish maqsadlari bir-biriga zid emasligini aytgan. Uning fikricha, Xitoyning milliy tiklanish maqsadi va AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari surayotgan “Amerikani yana buyuk qilish” konsepsiyasi bir-birini to‘ldirishi va dunyo uchun manfaatli bo‘lishi mumkin.

 

Si Szinpin Xitoy va AQSh o‘rtasidagi tinch-totuv yashashning tarixiy mantig‘i, ikki xalqning do‘stona munosabatlarga bo‘lgan istagi hamda xalqaro hamjamiyatning ikki davlatdan kutayotgan umidlari o‘zgarmaganini ta’kidladgan.

 

Si Szinpin 23-sentabr kuni AQShga davlat tashrifi bilan yetib kelgan. U va rafiqasi Peng Liyuan Vashington yaqinidagi Endryus aviabazasida Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp tomonidan kutib olingan. AQSh prezidenti Si Szinpin bilan uchrashuvni kutayotganini bildirgan.

 

Xitoy rahbarining AQShga tashrifi 23–25-sentabr kunlari davom etadi. Ikki davlat rahbarining muzokaralarida Xitoy–AQSh munosabatlari hamda xalqaro masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, tashrif fonida savdo, texnologiyalar, Tayvan va boshqa masalalar ham kun tartibida turibdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Aroqchi Ummon, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa 8 davlat tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.