O'zbekiston

“Kulliyoti Navoiy” O‘zbekistonda: nodir merosning faksimile nashri Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etildi

Kulliyot tarkibida Alisher Navoiyning 26 ta asari jamlangan bo‘lib, uning asl nusxasi Istanbul shahridagi Topqopi saroyi kutubxonasida saqlanadi.

“Kulliyoti Navoiy” O‘zbekistonda: nodir merosning faksimile nashri Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etildi


 
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbekiston–Turkiya madaniyat va sanʼat uchrashuvlari — Turk kino kunlari» madaniy tadbirlari doirasida 24 sentyabr kuni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.


 
Tashrif davomida mehmonlar markaz ekspozitsiyasi bilan tanishib, islom olami tarixi va madaniyatiga oid noyob eksponatlarni tomosha qildilar. Markazda saqlanayotgan tarixiy-madaniy meros namunalari, ularning ilmiy va maʼrifiy ahamiyati haqida maʼlumot berildi.


 
Tashrif doirasida Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga «Kulliyoti Navoiy» asarining faksimile nashri taqdim etildi.


 
Maʼlumot o‘rnida, «Kulliyoti Navoiy» Alisher Navoiyning turli janrdagi asarlari jamlangan nodir qo‘lyozma to‘plamdir. Kulliyot tarkibida Alisher Navoiyning 26 ta asari jamlangan bo‘lib, uning asl nusxasi Istanbul shahridagi Topqopi saroyi kutubxonasida saqlanadi.


 
Mazkur taqdimot Alisher Navoiyning boy adabiy merosini asrab-avaylash, o‘rganish va keng targ‘ib etish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy-madaniy mushtaraklikni yana-da mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.


 
O‘z navbatida, Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Mehmet Nuri Ersoyga VIII asrga oid mashhur Katta Langar Qurʼonining faksimile nashri sovg‘a qilindi.


 
Qayd etish kerak, Katta Langar Qurʼoni Amir Temur davrida O‘zbekistonga olib kelingan. Ushbu kitobning asl nusxasidan 16 sahifa O‘zbekistonda, qolgan 81 sahifa esa Rossiyada saqlanmoqda.

 

     


 
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ikki mamlakat madaniy muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


 
Mazkur tashrif O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, ikki xalqning mushtarak tarixiy va madaniy merosini o‘rganish hamda keng targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

custom img

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qo‘ng‘iroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Film markazida ustoz va tarbiyaning inson hayotidagi o‘rni turadi.

custom img

Turizm, aviatsiya va investitsiyalar: O‘zbekiston Turkiya bilan hamkorlikni kengaytiradi

Turkiya investorlari ishtirokida mehmonxona majmualarini barpo etish, turk mehmonxona brendlarini jalb qilish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ish joyidagi baxtsiz hodisalar: qaysi holatlar tekshiriladi?

Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi tasdiqlandi.

custom img

Elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida bartaraf etilmasa, kompensatsiya to‘lanadi

Tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarni elektrlashtirish choralari jadallashtiriladi.

custom img

600 mln so‘mlik kredit evaziga 12 ming dollar: prokuror yordamchisi ushlandi

Mansabdor shaxs fuqaroning avtomobil oldi-sotdisi masalasini hal qilish va imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Balandlikdan yiqilish va qoqshol: Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadlari Vatanga qaytarildi

Ularni Vatanga qaytarish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi tomonidan qoplandi.

custom img

Sirdaryodagi yangi IES da avariyaviy o'chish: Qozog‘iston ham “svetsiz” qoldi

Elektr ta’minotini tiklash uchun zaxira quvvatlar va energiya saqlash tizimlari ishga tushirildi.

custom img

28 nafar bola bir Damas’da: Jizzaxda 2 ta holat aniqlandi

2 ta Damas’da jami 56 nafar bola tashilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"