O'zbekiston

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 4 yoshli qizning vafoti bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Oiladagi boshqa voyaga yetmagan bolaning xavfsizligini ta’minlash maqsadida u yaqin qarindoshining vasiyligiga topshirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. Holat agentlik tomonidan alohida nazoratga olingan.

 

Hozirda bolaning hayotiy holatini barqarorlashtirish va xavfsizligini ta’minlash uchun ijtimoiy himoya tizimi mutaxassislari tomonidan uning hayotiy holati hamda mavjud xavf omillari baholanmoqda. 

 

Shuningdek, bolaga zarur psixologik yordam ko‘rsatilmoqda, tibbiy ko‘rik tashkil etilmoqda. Bolaning yashash manzili o‘zgargani inobatga olinib, ta’limni uzluksiz davom ettirish bo‘yicha ham tegishli choralar ko‘rilmoqda.

 

Bundan tashqari, ijtimoiy xodim tomonidan bola bo‘yicha ijtimoiy keys ochilib, individual ijtimoiy xizmatlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

 

Qayd etilishicha, agentlik yaqin qarindoshi qaramog‘iga topshirilgan bolaning xavfsizligi va farovonligini, shuningdek, unga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda individual reja ijrosini muntazam nazorat qilib boradi.

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

Aviakompaniya Samara–Toshkent reysida yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy izoh berdi.

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

Qoidabuzarliklar soni bir yil ichida qariyb 20 barobarga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.