6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi
Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan «sirli mijoz» tadbirlari davomida ayrim dori vositalari belgilangan narxdan 6 baravargacha qimmat sotilgani aniqlandi.
Jumladan, “SHUNQORLAR” MCHJga qarashli dorixonada 12 ming so‘mlik dori 70 ming so‘mdan taklif etilayotgani, 66 ming so‘mlik vosita esa 395 ming so‘mdan sotilayotgani aniqlangan.
«MUNO FARM» MCHJga qarashli dorixonada narxi 50 ming so‘m bo‘lgan tabletka 295 ming so‘mdan taklif etilgan. «CITY FARM» MCHJga qarashli dorixonalarda 18 ming so‘mlik dori 63 ming so‘mga sotilgan.
«HOSIL FARM» MCHJga qarashli dorixonada 15 ming so‘mlik dori 80 foiz ustama qo‘yilib, 190 ming so‘mga, 115 ming so‘mlik tabletka esa 3 baravar qimmatga sotilgan.
Shu kabi qoidabuzarliklar yana bir nechta dorixonalarda kuzatilgan.
Yuqorida aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda ko‘rsatma berilib, litsenziya talablari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish uchun tegishli vakolatli organga so‘rov yuborilgan.








