Jahon

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Demensiya, depressiv buzilishlar va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar oshgan.

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo salomatligining asosiy ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan yangi hisobotini e’lon qildi.

 

Hisobotda 2000–2023-yillar oralig‘ida dunyo aholisining umr ko‘rish davomiyligi, o‘lim sabablari hamda turli kasalliklar bilan bog‘liq o‘zgarishlar tahlil qilingan.

 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasidan keyin dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi yana pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichga yaqinlashgan. 2023-yilda ushbu ko‘rsatkich 73,3 yoshni tashkil etgan.

 

Biroq o‘lim sabablarining tarkibida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar ulushi ortib bormoqda. Xususan, 2000-yilda barcha o‘limlarning 58 foizi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 74 foizga yetgan.

 

Shu bilan birga, sog‘lom umr ko‘rish davomiyligi 62,8 yoshni tashkil etgan. Bu 2019-yilga nisbatan biroz pasayishdir.

 

Hisobotda Altsgeymer kasalligi va boshqa demensiyalar bilan bog‘liq o‘limlar 2000–2023-yillarda uch barobarga oshgani ham qayd etilgan. 2023-yilda demensiya dunyo bo‘yicha o‘lim sabablarining 5-o‘rniga ko‘tarilgan.

 

Bundan tashqari, 2019–2023-yillarda depressiv buzilishlar bilan bog‘liq kasalliklar 20 foizga oshgan.

 

JSST ushbu tendensiyalar yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash, ruhiy salomatlikni muhofaza qilish va aholining sog‘lom umr ko‘rish davomiyligini oshirishga qaratilgan choralarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatishini ta’kidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etgan. «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida ushbu ko‘rsatkichni 78 yoshga yetkazish maqsad qilingan.

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Biroq AQSH vitse-prezidenti hozircha buni tasdiqlovchi maʼlumot yo‘qligini bildirgan.

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

Uning taʼkidlashicha, Boku har ikki davlat bilan strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.