Jahon

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Biroq AQSH vitse-prezidenti hozircha buni tasdiqlovchi maʼlumot yo‘qligini bildirgan.

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp



AQSH prezidenti Donald Tramp Flydubai aviakompaniyasining Dubay–Tel-Aviv reysida yuz bergan hodisaga Eron aloqador deb hisoblashini maʼlum qildi.


Tramp 5-oktabr kuni Oq uyda jurnalistlarning tegishli savoliga javob berar ekan, shaxsan o‘zi Eronni hodisaga aloqador deb hisoblashini aytgan.


Biroq AQSH vitse-prezidenti J. D. Vens avvalroq bu masala yuzasidan hozircha aniq dalil ko‘rmaganini bildirgan va yakuniy bahoni AQSH razvedka hamjamiyatiga qoldirishini taʼkidlagan.


Maʼlumot uchun, 30-sentyabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai FZ1073 reysi bortidagi hodisa sabab Saudiya Arabistonining Tabuk shahridagi aeroportga favqulodda qo‘ngan. Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, hodisa vaqtida ikkinchi uchuvchi va kapitan o‘rtasida nizo kelib chiqqan va har ikki uchuvchi jarohat olgan. Samolyot Tabukka xavfsiz qo‘ngan, bortdagi yo‘lovchilar va ekipaj aʼzolariga yordam ko‘rsatilgan.


Hodisaning sabablari bo‘yicha tergov davom etmoqda. Flydubai ham voqeaning asosiy sabablari rasmiy tekshiruv doirasida aniqlanayotganini bildirgan.


Tramp, shuningdek, AQSHning Buyuk Britaniyadagi RAF Fairford aviabazasidan barcha B-1 strategik bombardimonchi samolyotlarining olib chiqilishiga sabab bo‘lgan tahdidlar haqida ham gapirgan.


Uning aytishicha, AQSH bunday tahdidni yuzaga keltirgan shaxslarni biladi va ular Eron bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tramp tahdid aynan dron hujumi bilan bog‘liq bo‘lgan-bo‘lmaganini ochiqlamagan. AQSH B-1 bombardimonchilarini xavfsizlik xavotirlari sabab Fairforddan olib chiqqani rasman tasdiqlangan.


Shu bilan birga, Eronning ushbu voqealarga aloqadorligi hozircha mustaqil ravishda tasdiqlanmagan. Buyuk Britaniya va AQSH tomonlarida Eron bilan bog‘liqlik ehtimoli tilga olingan bo‘lsa-da, Tehron bunday ayblovlarni rad etgan.

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Demensiya, depressiv buzilishlar va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar oshgan.

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

Uning taʼkidlashicha, Boku har ikki davlat bilan strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.