Jahon

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovo parlamenti 73 yoshli Justina Shiroka Pulani mamlakat prezidenti etib sayladi. U uchun 81 nafar deputat ovoz berdi. Shu tariqa mamlakatda uzoq davom etgan siyosiy tanglik fonida navbatdan tashqari parlament saylovlarini o‘tkazish ehtimolining oldi olindi.

 

Prezidentlik saylovi parlamentdagi keskinlik va Kosovo Ozodlik armiyasining sobiq yetakchilariga chiqarilgan hukmlarga qarshi namoyishlar fonida o‘tkazildi. Prezidentni saylash uchun belgilangan konstitutsiyaviy muddat chorshanba kuni yarim tunda yakunlanishi kerak edi.

 

Hukmron “Vetevendosje” harakati (LVV) va muxolifatdagi Kosovo Demokratik partiyasi (PDK) Pulaning nomzodi bo‘yicha kelishib oldi. U 81 ta ovoz olib, prezidentlik uchun talab etilgan uchdan ikki qism — 80 ovozlik chegaradan bir ovoz ko‘proq to‘pladi.

 

Kelishuv doirasida tomonlar Gaagadagi Kosovo maxsus palatalari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy bazaga o‘zgartirishlar kiritishga ham kelishib oldi. Mazkur sud Kosovo Ozodlik armiyasining sobiq yetakchilariga qarshi harbiy jinoyatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqadi. Namoyishchilar ham siyosatchilardan aynan shu masalani hal qilishni talab qilgan.

 

Graz universitetining Janubi-Sharqiy Yevropani o‘rganish markazi tadqiqotchisi Donika Emini Pulaning saylanishini siyosiy zarurat va institutlarni barqarorlashtirish ehtiyojining natijasi deb baholagan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kosovoda saylovlardan charchash va siyosiy elitaga nisbatan jamoatchilik noroziligi kuchaygan. Maxsus palatalar hukmidan keyingi 20 kunlik namoyishlar, jumladan, prezidentlik saylovidan bir kun oldin Prishtinada yuz bergan zo‘ravonliklar fonida navbatdagi saylovni o‘tkazish barcha siyosiy kuchlar uchun katta siyosiy xarajatga aylanishi mumkin edi.

 

Justina Shiroka Pula kim?

 

1953-yilda Prishtinada tug‘ilgan Justina Shiroka Pula iqtisodchi, akademik va siyosatchi sifatida faoliyat yuritgan. U Prishtina universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan, Zagrebdagi Iqtisodiyot fakultetida iqtisodiy rivojlanish nazariyasi va siyosati bo‘yicha tahsil olgan. Keyinchalik demografik investitsiyalar va Kosovoning iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

 

Shiroka Pula Prishtina universitetida uzoq yillar faoliyat yuritib, assistent-o‘qituvchidan professor darajasigacha ko‘tarilgan. U universitetning menejment va informatika kafedrasiga ham rahbarlik qilgan.

 

2025-yil dekabr oyida Shiroka Pula Kosovo Fanlar va san’at akademiyasi rahbari etib saylangan ilk ayol bo‘lgan.

 

Uning siyosiy faoliyati ham mavjud. Shiroka Pula 2008–2011-yillarda Kosovoning energetika va konchilik vaziri, 2011–2014-yillarda esa PDK vakili sifatida parlament deputati bo‘lib ishlagan.

 

Shu sababli ekspertlar uni faqat siyosatga aloqasi bo‘lmagan akademik sifatida baholamaslik kerakligini ta’kidlamoqda. Uning siyosiy, institutsional va akademik tajribasi turli siyosiy kuchlar uchun maqbul nomzod bo‘lishiga yordam bergan.

 

Shiroka Pula Kosovoning uchinchi ayol prezidenti bo‘ldi. Undan avval Atifete Jahjaga va Vjosa Osmani prezidentlik lavozimini egallagan.

 

Prezidentning vakolatlari qanday?

 

Kosovo prezidentining rasmiy ijro vakolatlari cheklangan bo‘lsa-da, lavozim mamlakatning siyosiy va diplomatik hayotida muhim o‘rin tutadi. Prezident Kosovo nomidan mamlakat ichida va xalqaro maydonda vakillik qiladi, davlat institutlari uzluksizligini ta’minlashga ko‘maklashadi hamda siyosiy kuchlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarda vositachilik qilishi mumkin.

 

Shiroka Pula prezidentlik faoliyatini hukmron LVV va PDK ko‘magida boshlaydi. Uning siyosiy imkoniyatlari esa Demokratik liga (LDK) va boshqa muxolifat kuchlari bilan munosabatlari, shuningdek, prezidentlik idorasida shakllantiradigan jamoasiga ham bog‘liq bo‘ladi.

 

Ekspert Donika Emini yangi prezidentlik davrida prezident, bosh vazir va Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida tashqi siyosatni muvofiqlashtirish kuchayishiga umid bildirgan.

 

Uning qayd etishicha, avvalgi prezident va hukumat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, jumladan, Kosovoning Yevropa Kengashiga a’zo bo‘lish jarayoni kabi muhim masalalarda institutlararo muvofiqlashtirishning sustligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Anqara to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.