O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi.
Turkmanboshi shahri aeroportida davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 8-oktyabr kuni Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida, 9-oktyabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Tadbirlar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.








