Jahon

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

 

Tailand Moliya vazirligi mamlakatdan chiqib ketayotgan yo‘lovchilardan yangi soliq undirishni taklif qildi. Taklif dastlab havo yo‘li orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanishi mumkin.

 

The Nation nashrining qonun loyihasiga tayanib xabar berishicha, yangi chiqish solig‘i miqdori dastlab 1000 baht — taxminan 30 dollarni tashkil etishi taklif qilinmoqda. Qonun loyihasida to‘lovning yuqori chegarasi 5000 baht etib belgilangan.

 

Taklif ma’qullansa, soliq Tailanddan samolyotda chiqib ketayotgan barcha yo‘lovchilardan, jumladan xorijiy fuqarolardan ham undiriladi. Quruqlik va dengiz orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilar esa dastlab ushbu to‘lovdan ozod qilinadi.

 

Tailand qirollik oilasi a’zolari va ularning hamrohlari, buddist sangxasining Oliy patriarxi, davlat rahbarlari, rasmiy hukumat mehmonlari hamda ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar soliq to‘lashdan ozod etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, tranzit hududidan chiqmaydigan xalqaro tranzit reyslari yo‘lovchilari, ekipaj a’zolari va boshqa transport xodimlari ham to‘lovdan ozod qilinadi.

 

Yo‘lovchilar mamlakatdan chiqib ketishdan oldin soliqni to‘lashi kerak bo‘ladi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, amaliyotda to‘lovni aviakompaniyalar yoki chipta agentliklari chipta xarid qilish jarayonida undirishlari mumkin.

 

Soliqni to‘lamaslik uchun uning miqdoridan ikki baravar ko‘p jarima belgilanishi taklif qilinmoqda.

 

Tailand Moliya vazirligi ushbu tashabbus davlat resurslaridan samaraliroq foydalanish va ehtimoliy favqulodda vaziyatlarga javob berish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilganini bildirgan.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.