Jahon

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Namoyishchilar ta’lim sohasidagi islohotlar va o‘qish to‘lovlarining oshirilishiga qarshi chiqmoqda.

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Belgiyada talabalar noroziliklari fonida Lyej va Bryusselda tartibsizliklar qayd etildi. Rasmiylar Lyejda 16-oktyabrgacha uch kishidan ortiq odamning jamoat joylarida to‘planishini taqiqlagan. 

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar Belgiyaning Lyej shahrida boshlangan. Mahalliy OAV shu oyda talabalar noroziliklari bilan bog‘liq ravishda 200 dan ortiq kishi hibsga olinganini ma’lum qilgan.

 

Namoyishlar Bryusselga ham tarqalgan. Qayd etilishicha, protest ishtirokchilari ta’lim sohasidagi islohotlar va o‘qish to‘lovlarining oshirilishiga qarshi chiqmoqda.

 

Shuningdek, Lyej shahrida hokimiyat 16-oktyabrgacha uch kishidan ortiq odamning jamoat joylarida yig‘ilishini taqiqlagan.

 

Avvalroq Fransiya bo‘ylab davom etayotgan o‘quvchilar noroziliklari sababli 375 ta litseyda ta’lim jarayoni to‘liq yoki qisman izdan chiqqani xabar qilingandi.

 

Namoyishlar boshlanganidan buyon 215 nafar o‘quvchi, 700 dan ortiq huquq-tartibot xodimi va qariyb 100 nafar ta’lim sohasi xodimi jabrlangan.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.