Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi
Ko‘chirish ishlari yakunlangach, gaz ta'minoti xavfsizlik talablari asosida bosqichma-bosqich tiklanadi.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ayrim hududlarda gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari sabab 8-oktabr kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan “Posira” MFY hududidagi yer osti yuqori bosimli D-325 mm gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, “Minor” MFY hududidagi yer osti o‘rta bosimli D-108 mm va past bosimli D-219 mm gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko‘chirish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 8-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha ayrim aholi va ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Posira” MFY hududida:
-
“Obod” MFYdagi 150 ta xonadon;
-
“Posira” MFY Mikro rayon ko‘chasidagi 515 ta xonadon;
-
“AGNKS” EDEM;
-
“Bolalar uyi”;
-
“AGNKS Dream Gaz”;
-
“AGNKS TRIUMPH ORIENTIR”;
-
“Posira” va “Obod” MFYlar hududidagi 35 ta ulgurji iste’molchi.
“Minor” MFY hududida:
-
Markaz-6 dahasidagi “Qozog‘iston” turar joy majmuasining 520 ta xonadoni;
-
“Mirzo Ulug‘bek” MFY KXAY ko‘chasidagi 63-uydagi 30 ta xonadon;
-
“Matonat” MFY Markaz-6 dahasidagi “Murad Building” ko‘p qavatli uyining 140 ta xonadoni;
-
“Buyuk Turon” MFYdagi “Muhtasham” turar joy majmuasining 520 ta xonadoni;
-
“Uzbat”;
-
“O‘z Oman biznes markazi”;
-
“Saxara biznes markazi”;
-
“Jurnalistika universiteti”;
-
“Paul” restorani;
-
“Minor” MFY hududidagi 18 ta ulgurji iste’molchi.
“Hududgaz Poytaxt” ma’lumotiga ko‘ra, gaz ta’minoti ishlar yakunlangach, xavfsizlik talablari asosida iste’molchilarga bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.








