O'zbekiston

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

2026-yil 1-noyabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Misr Arab Respublikasiga kirishi bo‘yicha yangi tartiblar joriy etiladi. Unga ko‘ra, mamlakatga boruvchi fuqarolar vizani oldindan rasmiylashtirishi va ayrim qo‘shimcha talablarga rioya qilishi kerak bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xabar berdi.

 

Diplomatik kanallar orqali olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Misrga safar qilishdan avval kirish vizasini Misrning diplomatik vakolatxonalari orqali olishlari shart. Turistik safarlar vakolatli turoperatorlar orqali tashkil etiladi.

 

40 yoshgacha bo‘lgan sayyohlar Misrga faqat yaqin oila a’zolari — ota-onasi, turmush o‘rtog‘i yoki farzandlari hamrohligida borishi mumkin. Bunda oila tasarrufida safar davomida kamida 5 ming AQSh dollari miqdorida naqd mablag‘ bo‘lishi talab etiladi.

 

40 yoshdan oshgan mustaqil sayohatchilar esa kamida 3 ming dollar miqdorida naqd moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishi lozim.

 

Misrga kirish vaqtida mehmonxona bron qilinganini tasdiqlovchi hujjat, mobil aloqa ma’lumotlari hamda yetarli moliyaviy ta’minotga ega ekanini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi kerak.

 

Shuningdek, Misr hududida bo‘lish davomida turistlik vizani boshqa turdagi vizaga almashtirish bo‘yicha murojaatlar qabul qilinmaydi.

 

Belgilangan hujjatlarni to‘liq taqdim etmagan yo‘lovchilar Misrga kiritilmasligi va ularni mamlakatga olib kelgan aviakompaniya orqali ortga qaytarilishi mumkin.

 

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi fuqarolardan Misrga safarlarni rejalashtirishda mazkur talablarni inobatga olishni so‘ragan.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.