O'zbekiston

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

 

Chirchiq shahrida tijorat banki bo‘limi boshlig‘i 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan 1,3 mlrd so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining BXM bo‘limi boshlig‘i O.R. fuqarolar tomonidan omonat uchun topshirilgan pullarni bank kassasiga kirim qilmagani aniqlangan.

 

U fuqarolarning pullari bank kassasiga kiritilgani haqida omonat hisobvaraqlariga soxta ma’lumotlar kiritib, jami 1,3 mlrd so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani ma’lum bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Bunga podstansiyada profilaktik tekshiruv ishlari o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.