Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi
Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston fuqarosi avtomobil xarid qilish maqsadida Sergeliga ketayotganida uning sumkasidan 10 ming AQSH dollari bo‘lgan paket tushib qolgan. Fuqaro pullari yo‘qolganini avtomobil bozoriga yetib borgach bilgan.
Shu vaqtda metro hududida xizmat vazifasini bajarayotgan Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi pul mablag‘larini topib olgan.
O‘tkazilgan zarur tekshiruv va aniqlash ishlari, jumladan, Face ID orqali olib borilgan qidiruv natijasida mablag‘ning qonuniy egasi aniqlangan.
10 ming AQSH dollari belgilangan tartibda to‘liq egasiga qaytarib berilgan.
Qozog‘iston fuqarosi ichki ishlar organlari va metro xodimlariga minnatdorlik bildirib, pullarini topib, o‘ziga qaytarishda ko‘rsatilgan tezkor yordam uchun rahmat aytgan.








