O'zbekiston

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi



Farg‘ona viloyatida tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda “Umra” ziyoratini tashkil etishga uringan turfirma xodimi ushlandi.


Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.


Tadbir davomida Dang‘ara tumanida faoliyat yurituvchi turfirma xodimi tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasa-da, 4 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborishni tashkil etishga uringani aniqlangan.


U buning evaziga fuqarolardan jami 4 400 AQSH dollari talab qilgan. Shaxs 1 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Maʼlum qilinishicha, ayrim sayyohlik firmalarining belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmagan holda “Umra” safarlarini tashkil etishi fuqarolarning xorijda turli qiyinchiliklarga duch kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.


Mazkur holat yuzasidan turfirma xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.

11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi

Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ko‘chirish ishlari yakunlangach, gaz ta'minoti xavfsizlik talablari asosida bosqichma-bosqich tiklanadi.

TDTU talabalari issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

TDTU talabalari issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Yotoqxonaga avval joylashtirilgan talabalardan undirilgan to‘lovlar tadbirkor tomonidan uch kun muddatda to‘liq qaytarib beriladi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Taqdimotda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarga metodik yordamni kuchaytirish va tizimda zamonaviy yondashuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.