Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi
Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish xizmati joriy etildi.
Qirg‘iziston poytaxti shahar kengashi qaroriga muvofiq, ushbu xizmatdan faqat turmush o‘rtog‘i vafot etgan shaxs foydalanishi mumkin. Bunda band qilinadigan joy marhumning qabri yonida bo‘lishi kerak.
Xizmat narxi 10 yil uchun 150 ming 647 qirg‘iz so'mi etib belgilangan.
2026-yil 9-oktyabr holatiga ko‘ra, Bishkekda to‘rt kishi ushbu imkoniyatdan foydalanib, qabristondan joyni oldindan band qilgan.








