Jahon

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina urushni yakunlash bo‘yicha kelishuv tuza oladigan yangi yetakchini saylashi kerakligini aytdi. U, shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalar uchun tanqid qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

“Men Ukrainaga kelishuv tuza oladigan yangi yetakchini topishini taklif qilaman. Zelenskiy ko‘plab kelishuvlarga erishishi mumkin edi, biroq unday qilmayapti”, — dedi Tramp.

 

Qayd etilishicha, AQSH prezidenti Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga qilingan hujumlar dizel yoqilg‘isi narxining oshishiga ta'sir qilganini ta’kidladi. Shuningdek, u Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda bilvosita ayblagan.

 

Tramp Vashington Kiyevdan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni so‘raganini ham tasdiqladi.

 

“Biz Zelenskiyga: ‘Xohlaganingni qil, lekin dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish obyektlariga zarba berma’, dedik. U esa nima qilyapti? Borib, aynan shu obyektlarga zarba beryapti. U istagan ishini qilishi mumkin, ammo buni emas”, — dedi Tramp.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.