Jahon

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

 

Benyamin Netanyaxu mamlakat harbiy-havo kuchlari bazalaridan biriga tashrif buyurib, Isroil dushmanlariga qarshi yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda bosh vazir devoni e’lon qilgan videoda ma’lum qilindi.

 

Netanyaxu baza qo‘mondoni bilan suhbatlashganini va harbiylarning tayyorgarligi, qat’iyati hamda zarur bo‘lganda dushmanlarga zarba berish qobiliyatidan taassurot olganini aytgan.

 

“Dushmanlarimizga aytaman: bizni sinab ko‘rmang. Siz hozirgacha olgan zarbalaringizdan ham kuchliroq zarbalarga duch kelasiz”, — degan u.

 

Bosh vazir, shuningdek, Isroil harbiy-havo kuchlari uchuvchilari, yer usti ekipajlari, Isroil mudofaa armiyasi (IDF) va hukumat faoliyati natijasida mamlakat katta yutuqlarga erishganini ta’kidlagan.

 

Avvalroq Netanyaxu Isroil 27-oktabrga belgilangan parlament saylovlari arafasida raqiblarining hujumlariga duch kelishi mumkinligini aytgan edi. Shuningdek, u mamlakatning yangilangan milliy xavfsizlik konsepsiyasini taqdim etib, ehtimoliy tahdidlarga qarshi oldindan zarba berish muhimligini ta’kidlagan.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.

13 yoshgacha — taqiq, o‘smirlarga cheklov: Germaniya ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solmoqchi

13 yoshgacha — taqiq, o‘smirlarga cheklov: Germaniya ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solmoqchi

Hukumat bolalarning internetdagi xavfsizligini ta’minlash uchun yangi choralarni ma’qulladi.

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Rasmiylar bunga texnik nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan, Yamandagi husiylar esa vertolyot raketa bilan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Delegatsiya falastinlik zaytun yig‘uvchilar holidan xabar olish uchun bosib olingan G‘arbiy Sohilga kelgan.