Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi
Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

AQSh Davlat departamenti Yaqin Sharqda bo‘lib turgan amerikaliklarni mintaqadagi vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda idora bayonotida ma’lum qilindi.
Diplomatik idora murakkab xavfsizlik vaziyati sababli AQSh fuqarolariga hushyorlikni oshirishni tavsiya qildi. Shuningdek, ular ehtimoliy reyslar bekor qilinishi, havo hududlarining yopilishi va transport qatnovidagi uzilishlarga tayyor turishi kerakligi ta’kidlandi.
Davlat departamenti harbiy harakatlar mintaqadan tashqariga ham tarqalishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Bayonotda Eron va unga aloqador kuchlar AQShning xorijdagi obyektlari, Amerika kompaniyalari hamda AQSh fuqarolari bilan bog‘liq boshqa muassasalarni nishonga olishi mumkinligi qayd etilgan.








