Jahon

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

 

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaroning davom etishiga sabab bo‘layotgan asosiy masalalardan biri Donbass hududining Ukraina nazoratidagi qismi bo‘yicha kelishmovchiliklar ekanini bildirdi. Bu haqda u Breitbart nashriga bergan intervyusida aytgan.

 

Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Donbassning o‘z nazoratida qolgan qismini tark etishni istamaydi, chunki bu hudud mudofaaning muhim chizig‘i hisoblanadi.

 

“Ukraina: «Biz Donbassning qolgan 11 foizidan voz kecha olmaymiz, chunki bu bizning so‘nggi mudofaa chizig‘imiz», deydi. Demak, mojaroning markazida shu masala turibdi. Boshqa ko‘plab muammolar ham bor, ammo oxir-oqibat, urushni aynan shu masala belgilamoqda”, — degan Rubio.

 

Davlat kotibining ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tinchlik muzokaralarini murakkablashtirmoqda. Uning fikricha, urushni tugatish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilayotganiga qaramay, asosiy masalalarda murosaga erishish qiyinligicha qolmoqda.

 

Rubio, shuningdek, Ukrainadagi saylovlar masalasiga ham to‘xtalgan. Uning aytishicha, saylovlar muhim bo‘lsa-da, ular urushning davom etishiga sabab bo‘layotgan asosiy muammolarni hal qilmaydi.

 

Ma’lumot uchun, Ukrainada 2022-yil fevralida boshlangan keng ko‘lamli urush sababli harbiy holat joriy etilgan. Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, harbiy holat davrida prezident va parlament saylovlarini o‘tkazish taqiqlangan. Shu sababli 2024-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezident saylovi ham bo‘lib o‘tmagan.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.

13 yoshgacha — taqiq, o‘smirlarga cheklov: Germaniya ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solmoqchi

13 yoshgacha — taqiq, o‘smirlarga cheklov: Germaniya ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solmoqchi

Hukumat bolalarning internetdagi xavfsizligini ta’minlash uchun yangi choralarni ma’qulladi.

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Rasmiylar bunga texnik nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan, Yamandagi husiylar esa vertolyot raketa bilan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Delegatsiya falastinlik zaytun yig‘uvchilar holidan xabar olish uchun bosib olingan G‘arbiy Sohilga kelgan.