O'zbekiston

YPX xodimiga bo‘ysunmadi va haqorat qildi: talabalar ishi prokuraturaga oshirildi

Samarqandda YPX xodimining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay, uni haqorat qilgan texnikum o‘quvchilari aniqlandi.

YPX xodimiga bo‘ysunmadi va haqorat qildi: talabalar ishi prokuraturaga oshirildi

 

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, uni haqorat qilgan shaxslar aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ular Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 2-sonli texnikum o‘quvchilari bo‘lgan.

 

Huquqbuzarlik ishtirokchilarining aytishicha, ular “Malibu-2” avtomobilini 1,2 million so‘mga ijaraga olib, Ishtixon tumaniga borgan. U yerda YPX xodimlari avtomobilni to‘xtatishni talab qilgan, biroq yoshlar bu talabga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan va xodimlardan qochib ketgan. Shuningdek, ular YPX xodimini haqorat qilgan harakatlarini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

 

Holat aniqlangach, huquqbuzarlik sodir etgan o‘quvchilar, avtomobilni ijaraga bergan tadbirkor hamda ularning ota-onalari ta’lim muassasasiga olib kelingan. Tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va boshqa mas’ullar ishtirokida holat tanqidiy muhokama qilingan.

 

Yig‘ilishda o‘quvchilar o‘rtasida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va shu kabi holatlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari ko‘rib chiqilgan.

 

Videoda o‘quvchilardan biri qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, YPX xodimlari va ularning oilalaridan uzr so‘ragan. Shuningdek, haydovchilik guvohnomasini olmaguncha avtomobil boshqarmasligini aytgan.

 

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Samarqand va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda ziyoratga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Tibbiyot xodimlari kunini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni deb o‘zgartirish taklif qilindi.

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

2026-yilning sakkiz oyida 60 turdagi 558 nomdagi mahsulot laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazildi.

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat va bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 10 mingdan ortiq shaxs ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Soat 09:00 dan 18:00 gacha yirik gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.