O'zbekiston

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat va bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 10 mingdan ortiq shaxs ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi poytaxtda qizamiq keskin tarqalayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qizamiq bilan kasallanishga gumon qilingan 290 ta holat aniqlangani va bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 10 mingdan ortiq shaxs ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Toshkent shahri va mamlakatning boshqa hududlarida qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror. Tarqalgan raqamlar 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyidagi jamlanma ko‘rsatkichlarni aks ettiradi. Shu sababli ularni qisqa vaqt ichida yuz bergan kasallanish holatlari yoki ayni paytdagi vaziyat sifatida talqin qilish noto‘g‘ri.

 

Shuningdek, 2026-yilning shu davrida qizamiq bilan kasallanish ko‘rsatkichi 2025-yilga nisbatan 40 foizga kamaygan.

 

Qo‘mita fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri talqin qilishga va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida Toshkent shahrida rejali emlash doirasida 47 494 nafar bir yoshli va 42 767 nafar olti yoshli bola qizamiq, epidemik parotit va qizilchaga qarshi KPK vaksinasi bilan emlangan.

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Tibbiyot xodimlari kunini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni deb o‘zgartirish taklif qilindi.

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

2026-yilning sakkiz oyida 60 turdagi 558 nomdagi mahsulot laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazildi.

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Soat 09:00 dan 18:00 gacha yirik gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.