AQSh Eronga zarba berishga 96 soatda tayyor bo‘lishi mumkin — CNN
Pentagon energetika, harbiy va yadroviy obyektlariga ehtimoliy zarbalar uchun nishonlar ro‘yxatini ishlab chiqmoqda.

AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy kuchlari Donald Tramp buyruq bergan taqdirda, 96 soat ichida Eronga qarshi yirik harbiy operatsiyani boshlashga tayyor. Bu haqda CNN telekanali manbalariga tayanib xabar berdi.
Telekanal manbalarining ta’kidlashicha, mintaqada ehtimoliy hujumlarni amalga oshirish uchun yetarli miqdorda AQSh harbiy kuchlari joylashtirilgan. Kutilayotgan operatsiyalar ko‘lami oddiy huquqni muhofaza qilish choralaridan kengroq bo‘lishi mumkin.
CNN manbalariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eronga yangi hujumlar uyushtirish tarafdori bo‘lgan. Biroq AQSh rasmiylari Vashington qo‘shma operatsiyalarga tayyor bo‘lguniga qadar kutishni so‘ragan.
Telekanal xabarida aytilishicha, AQSh Markaziy qo‘mondonligi va Pentagon Eronning energetika infratuzilmasi, harbiy obyektlari hamda yadroviy inshootlarini qamrab olishi mumkin bo‘lgan nishonlar ro‘yxatini ishlab chiqmoqda.
Manbalar ehtimoliy hujum buyrug‘i yil oxirigacha berilishi mumkinligini, biroq operatsiya 3-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlardan keyin boshlanishi ehtimoli borligini bildirgan.








