Siyosat

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

Eron elchixonalarining Samarqand merosi haqidagi postlari yuzasidan yuzaga kelgan diplomatik bahsga Tehron izoh berdi.

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy Samarqandning tarixiy-madaniy merosiga oid bahsli postlar hamda O‘zbekiston TIV tomonidan topshirilgan norozilik notasiga izoh berdi. Uning aytishicha, ayrim Eron elchixonalari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan postlar AQSHga murojaat sifatida yozilgan.

 

Ismoil Baqoiyning ta’kidlashicha, Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar uzoq tarixga ega va Tehron bu aloqalarga katta ahamiyat beradi.

 

U ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi umumiy meros xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni davom ettirish va mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

 

Shuningdek, Eron TIV vakili ayrim diplomatik vakolatxonalar tomonidan e’lon qilingan, O‘zbekiston tomonining e’tiroziga sabab bo‘lgan postlarga ham to‘xtalgan.

 

“Ayrim elchixonalarimizdagi do‘stlarimiz o‘z postlarini AQSH tomoniga murojaat sifatida e’lon qilishgan edi”, — degan u.

 

Eslatib o‘tamiz, 23-oktyabr kuni Eronning O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga rasmiy norozilik notasi topshirilgan edi. Bunga Eronning bir qator davlatlardagi elchixonalari X ijtimoiy tarmog‘ida Samarqandning tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy mazmunda talqin qiluvchi postlar e’lon qilgani sabab bo‘lgan.

 

O‘zbekiston TIV Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar merosi o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi va davlatchilik an’analarining ajralmas qismi ekanini ta’kidlab, tegishli postlarni o‘chirish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilgan.

 

Bahs AQSH davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga tashrifi va Registon maydonidan e’lon qilgan videomurojaatidan keyin yuzaga kelgan. Eronning ayrim diplomatik vakolatxonalari bunga javoban Samarqand me’morchiligini fors yoki Eron-islom sivilizatsiyasi merosi bilan bog‘lovchi postlar joylashtirgan.

 

Ma’lumot uchun, Eronning turli davlatlardagi elchixonalari tomonidan Samarqand haqida e’lon qilingan postlar keyinchalik o‘chirib tashlangan.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.