Jahon

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

 

Eron oliy rahbari Oyatulloh Mojtabo Xomanaiy AQShdagi saylovlardan keyin mamlakat tashqi siyosatida o‘zgarishlar kutmaslik kerakligini bildirdi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi uning so‘zlariga tayanib xabar berdi.

 

Xomanaiyning ta’kidlashicha, AQSh siyosatida partiyalar yoki siyosiy guruhlar almashishi Eron xalqiga nisbatan munosabatni o‘zgartirmaydi. U Vashington bilan kelishuvga erishish yoki unga yon berish orqali AQShning Eronga nisbatan dushmanligini to‘xtatish mumkin deb hisoblaydiganlar yanglishayotganini aytgan.

 

Eron oliy rahbari AQShning Eronga nisbatan siyosati tarixiy voqealar, jumladan, 1953-yil avgustida bosh vazir Muhammad Mossadiq hukumati ag‘darilgan davrdan boshlanganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh 1979-yilgi Islom inqilobigacha Eronning tabiiy resurslari va kapitalidan foydalangan, keyinchalik esa 1980–1988-yillardagi Eron-Iroq urushida Iroqni qo‘llab-quvvatlagan, Eronga qarshi sanksiyalar joriy etgan va mamlakat aktivlarini muzlatgan.

 

Xomanaiy, shuningdek, Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat “Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsonani yo‘qqa chiqarganini” bildirgan. Uning ogohlantirishicha, AQSh Eronga yana hujum qilgan taqdirda, Tehronning javob choralari ancha keng ko‘lamli bo‘ladi.

 

Uning fikricha, Vashingtonning asosiy maqsadi Eronni to‘liq taslim qilishdan iborat. Xomanaiy Qarshilik ko‘rsatish o‘qi harakatlarini esa yangi dunyo tartibiga olib boradigan yo‘l sifatida ta’riflagan.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.