Jahon

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

 

Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Sadir Japarov 2027-yil 27-yanvarga belgilangan prezidentlik saylovida nomzodini ilgari surdi. U 10-noyabr kuni mamlakat Markaziy saylov va referendumlar komissiyasiga tegishli bayonot topshirgan.

 

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi vakili TASS agentligiga ma’lum qilgan.

 

MSK ma’lumotiga ko‘ra, Japarov prezidentlikka nomzodini o‘zi ilgari surgan. U saylovda ishtirok etish uchun komissiyaga ariza topshirgan oltinchi nomzod bo‘ldi.

 

Avvalroq prezidentlik saylovida qatnashish uchun Rossiya-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasining sobiq boshqaruv a’zosi Aymen Kasenov, Chuy viloyatidagi tumanlardan birining sobiq rahbari Azamat Esenbekov, Qirg‘iziston moliya politsiyasining sobiq rahbari Syimyk Japikeyev, tadbirkor Akay Qidirov va qirg‘iz kommunistlari yetakchisi Ishoq Masaliyev nomzodini ilgari surish bo‘yicha ariza topshirgan.

 

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Nomzodlarni ko‘rsatish uchun arizalarni qabul qilish muddati 12-noyabrda yakunlanishi, nomzodlarni ro‘yxatga olish esa shundan keyin boshlanishi ma’lum qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov 2021-yil 28-yanvardan buyon Qirg‘iziston prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Ushbu chora migrantlarning ishlamaydigan yaqinlari Rossiyada qolishini cheklashga qaratilgan.

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.

Netanyaxu har kuni Trampni Eronga hujum qilishga chaqirmoqda — FT

Netanyaxu har kuni Trampni Eronga hujum qilishga chaqirmoqda — FT

Arab va musulmon davlatlari yetakchilari bundan xavotirda.

Turkiyadagi po‘lat zavodida portlash: 16 kishi halok bo'ldi

Turkiyadagi po‘lat zavodida portlash: 16 kishi halok bo'ldi

Hodisa yuzasidan tergov boshlanib, 5 kishi hibsga olingan.

Pokistonda to‘g‘on to‘sig‘i quladi: qurilish maydonini suv bosdi

Pokistonda to‘g‘on to‘sig‘i quladi: qurilish maydonini suv bosdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.

Yevropada elektr energiyasi narxi keskin oshdi: bir megavatt-soat 600 yevrodan qimmatlashdi

Yevropada elektr energiyasi narxi keskin oshdi: bir megavatt-soat 600 yevrodan qimmatlashdi

Yevropada shamolsiz va bulutli ob-havo sabab qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish kamaydi.