Jahon

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

 

Tailandda qiz do‘stini o‘ldirganlikda ayblanib xalqaro qidiruvda bo‘lgan 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi AQShning Nyu-York shahrida qo‘lga olindi. U Bruklindagi uyi yaqinida AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari tomonidan hibsga olingan.

 

ICE ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yilda Tailandda hibsga olingan erkak qiz do‘stini o‘ldirganini tan olgan. Shundan so‘ng u ayolning jasadini chamadonga solib, kanalga tashlab yuborgan.

 

Shuningdek, erkak 2020-yilda O‘zbekistonda o‘g‘rilikda ayblanib, besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan. AQShda esa Nyu-York shahar politsiyasi tomonidan ta’qib qilish holati yuzasidan olib borilgan tergovga ham aloqador bo‘lgan. 2024-yilda Kings okrugi sudi unga nisbatan himoya orderi chiqargan.

 

AQSh chegara xizmati uni ilk bor 2023-yil aprel oyida Arizona shtatining Lyukvill shahri yaqinida chegarani noqonuniy kesib o‘tganidan keyin qo‘lga olgan. U o‘sha vaqtda 110 nafar migrantdan iborat guruh tarkibida bo‘lgan.

 

Hibsga olinganidan so‘ng u Nyu-Yorkda immigratsiya bo‘yicha sud eshituvida qatnashish sharti bilan garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Biroq erkak 2024-yil may oyida ro‘yxatdan o‘tish uchun bir marta kelganidan keyin immigratsiya idoralariga hisobot berishni to‘xtatgan.

 

2026-yil 14-oktabr kuni ICE xodimlari uni Bruklindagi uyi yaqinida qayta qo‘lga olgan. Hozirda Sobirov deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimiga da’vogarlar soni 11 nafarga yetdi.

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Hozirda harbiy vertolyotning qulash sabablari o‘rganilmoqda.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Finlyandiya prezidenti AQSh, Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari ishtirokidagi uchrashuv bir-ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

Mmalakatdagi maktablarga bomba qo‘yilgani haqida anonim xatlar yuborildi.

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

U uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish va qo‘shmachilikda gumonlanmoqda.

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

Uning nomzodini ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi.