3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi
U ziyoratiga borishni istagan uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, barcha zarur sharoitlarni yaratib berishni va’da qilgan.

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida sayyohlik firmasi rahbari qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi firma rahbari “Umra” ziyoratiga borishni istagan uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni ziyoratga yuborish hamda muqaddas amallarni bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u 3 750 AQSH dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida firma rahbari oldindan kelishilgan pulning 3 000 dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








