Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov sovrinlari orasiga yozgi Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini ham qo‘shib qo‘ydi.
Buxorolik sportchi chempionlik jangida Qirg‘iziston vakili Munarbek Seitbek o‘g‘lini yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 7 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda.


