1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni mingga yaqinlashdi

"Tolibon" vazirlar mahkamasi tabiiy ofat sabab favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.

Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni mingga yaqinlashdi

 

Afg‘onistonning ikki viloyatida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 900 nafardan oshdi, deb xabar bermoqda "Aamaj News"

 

Paktika va Xostda viloyatlarida 610 kishi jarohat oldi.

 

“Prezident saroyida Bosh vazir mulla Muhammad Hasan Oxund raisligida favqulodda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Paktika va Xostdagi zilzila qurbonlariga har tomonlama yordam ko‘rsatish masalasi muhokama etildi”, — deb yozdi harakat matbuot kotibi Zabihulla Mujohid tvitterda.

 

Xabarda aytilishicha, hukumat zilzila qurbonlariga hamdardlik bildirishdan tashqari, tegishli idoralarga hududga tezkor guruhlarni jo‘natish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, qurbonlar oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish va yaradorlarni davolash choralari ko‘rildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Paktika, Paktiya, Xost, Lag‘mon, G‘azni, Lo‘gar va Kobul viloyatlarida qayd etilgan zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 6,1 ballni tashkil qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика