1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amerikalik ayol soch quritgich sabab bir qo‘lidan ayrildi

U hozir bir qo‘lda yashashni o‘rganmoqda.

Amerikalik ayol soch quritgich sabab bir qo‘lidan ayrildi

AQSHning Janubiy Karolina shtatida yashovchi Meri Uilson sochlarini fenda quritmoqchi bo‘lib, bir qo‘lidan butunlay ayrildi.

 

Gap shundaki, ayol sochlarini quritish uchun vannaga kirganda uni tok uradi va hushidan ketib yiqiladi. Taxminan 20 daqiqa davomida soch quritgich uning qo‘li ostida qolib, ishlashda davom etgan. Oqibatda ayolning bir qo‘li kuyib ketgan.

 

Bundan xabar topgan turmush o‘rtog‘i ayolni zudlik bilan shifoxonaga olib borgan. Lekin kuyish 3-darajali bo‘lgani va u suyakkacha yetib borgani uchun qo‘lni butunlay kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan.

 

Operatsiyadan so‘ng ayol shifoxonada bir oy davolandi va hozirda bir qo‘l bilan yashashni o‘rganmoqda. Baxtsiz hodisadan so‘ng Meri Uilson fen ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga qurilmaga avtomatik o‘chish funksiyasini qo‘shishni taklif qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика