2023-yil 1-oktabrdan buyon AQSh chegarasini 57,2 ming noqonuniy migrant kesib o‘tdi. Ulardan 2900 nafarini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etgan. Bu haqda "Fox News" xabar berdi.
2021-yildan 2023-yilgacha O‘zbekistonning 13 600 nafar fuqarosi Meksika orqali AQShga noqonuniy kirishga uringan. AQSHga noqonuniy migratsiya bo‘yicha Turkiya yetakchilik qilmoqda — 30 800 nafar Turkiya fuqarosi AQSH chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinni 15,5 ming kishi bilan Mavritaniya egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston bu ro‘yxatda uchinchi o‘rinda turibdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolari asosan O‘zbekiston—Turkiya (Ispaniya)—Boliviya—Kolumbiya—Meksika—AQSH yo‘nalishi bo‘yicha AQShga borishga harakat qilmoqda.


