1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda bolalar ham COVID-19‘ga qarshi emlanishi mumkin

AQSHda Pfizer vaksinasi bilan bolalar ham emlanishi mumkin. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

AQSHda bolalar ham COVID-19‘ga qarshi emlanishi mumkin

 

 

Buning uchun Pfizer/BioNTech yetarlicha klinik tajribalar o‘tkazishi lozim. Uning natijalari AQSH Dori-darmon va oziq-ovqat nazorati boshqarmasiga taqdim etiladi. Shundan keyin boshqarma favqulodda holatlarda 5-11 yoshli bolalarga kompaniya vaksinalaridan foydalanishga ruxsat berishi mumkin.

 

Xabarda aytilishicha, ruxsatnoma yaqin uch hafta ichida taqdim etiladi.

 

“Reuters” bolalarning koronavirusga qarshi emlanishini millionlab ota-onalar kutayotganini maʼlum qildi. Unga nisbatan talab, ayniqsa, “delta” shtammi oqibatida kasallikning yangi to‘lqini boshlanganidan keyin yana-da oshgan.

 

AQSH bosh infeksionisti Entoni Fauchi oktyabr boshlarida Pfizer‘ning bolalar uchun qo‘llanishi boshlanishiga umid bildirmoqda.

 

Pfizer/BioNTech rahbariyati ham bolalar uchun maxsus vaksina chiqarilayotganini tasdiqlagan. “BioNTech”ning tibbiy tadqiqotlar bo‘yicha direktori Ozlem Turechining maʼlum qilishicha, yaqin haftalar ichida bolalar uchun yaratilgan vaksina bo‘yicha yakuniy xulosalar beriladi. Shuningdek, uni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalAQSHda koronavirusga qarshi emlanmaganlar kasallikdan ko‘proq vafot etayotgani maʼlum qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика