+92 kg vaznda Bahodir Jalolov germaniyalik Raman Tiafakni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘llanma oldi.
Bu Jalolovning Olimpiadalardagi qatorasiga ikkinchi finalidir.
Bokschi 10 avgust kuni navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tariladi, uning finaldagi raqibi — ispaniyalik Ayub Al Gadfa.
Parij-2024 boks musobaqalarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonliklar 4 nafarga yetdi: Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Lazizbek Mullojonov (-92 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg) va Bahodir Jalolov (+92 kg).
8 avgust kuni Abdumalik Xalokov (-57 kg) ham g‘alaba qozonsa, finalchilarimiz 5 nafarga yetadi.


