Qochqinlarning aksariyati Polshaga o'tgan. Polsha chegarachilariga ko'ra, 38 ming kishi mashinada va piyoda kelgan. Chegara hududlarda mahalliy Polsha hukumati qochqinlarni qabul qilish markazlarini tashkil qilmoqda.
Ko'pchilik shoshilinch ravishda evakuatsiya qilinganligi sababli kerakli buyumlari, hujjatlarini ham olmaganini aytmoqda.
Shuningdek, bir necha ming ukrainaliklar Ruminiyaga piyoda, mashinalarida va paromlarda kelishdi. Ular asosan ushbu mamlakatda qarindoshlari va tanishlari bo'lganlardir. Ba'zi ruminiyaliklar birdamlik belgisi sifatida qochqinlarni kerakli joyga olib ketishni taklif qilishmoqda.


