Bloomberg Ilon Maskni dunyoning eng boy odami deb topdi. Tesla va SpaceX rahbarining boyligi 187.1 milliard dollarga baholangan.
Bungacha sayyoraning eng boy odami Louis Vuitton Moet Hennessy guruhi prezidenti Bernar Arno bo‘lib kelayotgandi. U Bloomberg reytingida 2-o‘rinni egallagan (185.3 milliard dollar).
Agentlikka ko‘ra, Tesla aksiyalarining yil boshidan beri 70 foizga o‘sishi Maskning yetakchi bo‘lishiga olib keldi. Bundan tashqari, narxlar tushishi fonida elektromobillar sotuvi ko‘payishi ham kompaniya holatini yaxshilagan.
2022 yil dekabrida Forbes Arnoni dunyoning eng boy odami deb topgandi. O‘shanda uning boyligi 188.6 milliard dollarga baholangan.


