1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Holand ellik to'rt yillik rekordni takrorladi

U kecha jamoasining navbatdagi g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.

Holand ellik to'rt yillik rekordni takrorladi

 

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Jorj Bestning 1970-yilda Angliya Kubogida beshta gol urgan rekordini takrorladi.

 

Bugun Angliya kubogi 1/8 finali doirasidagi "Luton Taun"ga qarshi o'yinda norvegiyalik futbolchi 58 daqiqada penta-trikka erishdi. APLning 1-tur uchrashuvida "Manchester Siti" mehmonda "Luton"ni vinger Jek Grealishning goli evaziga qiyinchiliksiz mag'lub etgandi.

 

Holand “Manchester Siti”ga 2022-yilning yozida Dortmundning “Borussiya”sidan 60 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda forvard “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2027-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика