1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmaydi

2022-yil 1-martdan boshlab haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.

ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmaydi

 

Bunda identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. Shuningdek, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik, transportga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish ham taqiqlandi. Transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini davlat xizmatchisiga taqdim qilish ham bundan keyingi jarayonlarda shart emas.

 

Bu borada Hukumat qarori qabul qilindi. Unga binoan, 2022-yil 1-martdan avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish endilikda YAIDXP orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, mazkur qarorda yana bir nechta diqqatni tortadigan yangiliklar mavjud. Jumladan, kelgusi yil mart oyidan O‘zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish, chet davlatda O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va maʼlumotnomalar olish xizmatlari ham elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi maʼlumotlar olish, jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlar  va ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash tartibi ham elektronlashtiriladi.

 

Maʼlumot uchun, 2022 yil 1 fevralgacha sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar yagona axborot tizimiga to‘liq kiritiladi.

 

Qaror bilan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, Ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Bundan avval "prava”sini almashtirmaganlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgani, O‘zbekistonda "prava"siz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkinligi hamda  1-sentabrdan haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilingani haqida xabar berilgandi. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика