1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Jahon chempionatlari finalida eng ko‘p o‘ynagan futbolchilar

Ularning barchasi faoliyatini tugatishgan.

Jahon chempionatlari finalida eng ko‘p o‘ynagan futbolchilar

 

Kafu - Braziliya terma jamoasi

 

Himoyachi to‘rtta jahon chempionatida o‘ynagan va uch marta musobaqaning finalida ishtirok etadi. 1994 va 2002 yillarda o‘tkazilgan mundiallarda oltin, 1998 yilda esa Fransiyadan kumush medal olgan. Kafu musobaqalardagi har bir final o‘yinida maydonga tushgan yagona futbolchi hisoblanadi.

 

Pele - Braziliya terma jamoasi

 

Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele bir necha jahon chempionati finalida o‘ynagan va ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab muxlislarning yodida qolgan. Tarixda u kabi mundiallarda omadli ishtirok etgan futbolchini uchratish qiyin. Pele uchta finalning (1958, 1962, 1970) barchasida g‘alaba qozonib, jahon chempionati rekordini o‘rnatgan va yaqin kelajakda hech kim bu rekordni buzishi dargumon. Biroq jarohati tufayli futbol qiroli bor-yo‘g‘i ikkita hal qiluvchi o‘yinda maydonga tusha olmagan.

 

Per Littbarskiy - Germaniya terma jamoasi

 

Nemis yarim himoyachisi ketma-ket ikki marta oltin medal uchun kurashda mag‘lubiyatga uchragan. Biroq, u 1990 yilda bu kamchilikni to‘g‘irladi.

 

Lotar Matteus - Germaniya terma jamoasi

 

Matteus jahon chempionati uchun Littbarski bilan yonma-yon kurashgan. Lotar jahon chempionatida nafaqat ikkita kumush medalni balki, bir marta oltin medal ham qo‘lga kiritdi.

 

Ronaldo - Braziliya terma jamoasi

 

Ronaldo uchta jahon chempionati finalida qatnashgan. Ikki marta 1994 va 2002 yillarda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика