Fransiyalik jangchi Kiril Ganning fikricha, agar u UFC 270 musobaqasida kamerunlik Frensis Ngannuni mag‘lub etsa, uning birinchi og‘ir vazn toifasidagi chempionlik jangi amerikalik Jon Jonsga qarshi bo‘ladi.
“Agar men bu jangda g‘alaba qozonsam. Keyingi raqibim Jon Jons bo‘ladi. Muxlislar mazkur jangni intiqlik bilan kutishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ishqibozlar allaqachon bu haqda gapirmoqda. U yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va men bilan jang qilmoqchi ekanini aytgan”.
Eslatib o‘tamiz, 22 yanvar, shanba kuni Anaxaymdagi UFC 270 musobaqasining asosiy jangida Ngannu Ganga qarshi o‘z kamarini himoya qiladi.
Malumot o‘rnida: Kiril Gan 2021 yilning avgustida Derrik Lyuisni mag‘lub etib, vaqtinchalik chempion bo‘lgan edi.
Avvalroq, Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda ish boshlashi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


