Los-Anjelesda qashshoqlarga oyiga ming AQSH dollaridan pul tarqatish boshlandi. Mahalliy hokimiyat shu orqali kambag‘allikka qarshi kurashmoqchi.
189 ming kishi ushbu to‘lovni olish istagini bildirgan. Ammo hozircha ularning ming nafari tanlab olingan. Bu qaror AQSHda isteʼmol narxlari o‘sishi ortidan qabul qilingan. Bu omil o‘z navbatida qashshoqlik darajasining oshishiga sabab bo‘ldi.
Ijtimoiy nafaqa olish uchun yillik daromad kishi boshiga 56 ming dollardan yoki 4 nafar oila daromadi yiliga 96 ming dollardan kam, 18-91 yosh oralig‘ida bo‘lishi hamda ingliz, ispan, arman, fors tillari yoki kanton lahjasidan birini bilish talab etiladi.


